22 marsmarsmars 2026
4 vues
🌿 Navro‘z shukuhi — birlik va yangilanish timsoli!
Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi hamda bir guruh faol talabalari 21-mart kuni Toshkent viloyati miqyosida o‘tkazilgan Navro‘z saylida munosib ishtirok etishdi.
🎉 Bayram davomida institut vakillari milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etib, mehmonlarga yurtimizning boy an’analari, talaba-yoshlar hayoti hamda institut faoliyati haqida yaqindan ma’lumot berishdi.
📌 Olmaliq davlat texnika instituti — yurt taraqqiyoti yo‘lida faol, ilg‘or va tashabbuskor yoshlar maskani!