WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
07 juilletjuilletjuillet 2026 16 vues

ODTI talabalari “Летний университет СФУ – 2026” xalqaro dasturida ishtirok etmoqda! 🇺🇿🇷🇺

Olmaliq davlat texnika instituti (ODTI) talabalari Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahrida joylashgan Sibir federal universiteti tomonidan tashkil etilgan «Летний университет СФУ – 2026» xalqaro ta’lim dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishni boshladilar.

Dastur doirasida ODTI talabalari «Tog‘-metallurgiya majmuasida raqamli transformatsiya» («Цифровая трансформация в горно-металлургическом комплексе») ta’lim yo‘nalishida bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.

📅 Dasturning birinchi kuni mazmunli va taassurotlarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilar bilan tanishib, xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuv muhitida ilk uchrashuvlarda ishtirok etdilar.

🎉 Shuningdek, ODTI talabalari «Летний университет СФУ – 2026» dasturining tantanali ochilish marosimida qatnashib, tashkilotchilar hamda universitet rahbariyatining tabrik so‘zlarini tingladilar va dastur bilan yaqindan tanishdilar.

❤️‍🔥 Mazkur xalqaro dastur talabalarimiz uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, xorijiy tengdoshlari bilan tajriba almashish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim imkoniyat yaratmoqda.

🌐 ODTI xalqaro hamkorlik geografiyasini izchil kengaytirishda davom etmoqda. Talabalarimizning nufuzli xalqaro ta’lim dasturlaridagi faol ishtiroki institutimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Autres actualités