WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
21 juinjuinjuin 2026 4 vues

🌐 ODTI TALABALARI XALQARO MAYDONNI ZABT ETMOQDA!

Olmaliq davlat texnika instituti talabalari yana bir bor xalqaro miqyosdagi nufuzli ta’lim dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Institutning 7 nafar iqtidorli talabasi hamda 1 nafar professor-o‘qituvchisi Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Henan Polytechnic University (HPU) tomonidan tashkil etilgan “2026 Summer School” xalqaro yozgi maktab dasturida qatnashish uchun jo‘nab ketdi.

🗓 10 kun davom etadigan mazkur dastur doirasida ishtirokchilar:
✅ muhandislik va tabiiy fanlar yo‘nalishlaridagi ilg‘or akademik ma’ruzalarda;
✅ zamonaviy sanoat korxonalariga amaliy tashriflarda;
✅ innovatsion texnologiyalar bilan tanishuv jarayonlarida;
✅ Xitoyning boy tarixi, madaniyati va milliy an’analarini o‘rganishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etadilar.

Shuningdek, xalqaro yozgi maktab turli mamlakatlardan tashrif buyurgan yoshlar bilan tajriba almashish, yangi ilmiy-akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, xorijiy til ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.

🎓 Olmaliq davlat texnika instituti yoshlarning xalqaro ta’lim va ilmiy maydondagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishi hamda institutning xalqaro nufuzini yuksaltirish yo‘lida izchil ish olib bormoqda.

🚀 Bugun ODTI talabalari dunyo tajribasini o‘rganmoqda. Ertaga esa ular mamlakatimiz sanoati, ilm-fani va innovatsion taraqqiyotining yetakchi kuchiga aylanishadi!

Autres actualités