WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
17 avrilavrilavril 2026 13 vues

Olmaliq davlat texnika instituti — nafaqat ta’lim, balki yuksak ma’naviyat maskani!

📌 Institut talabalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga muvofiq, Toshkent shahridagi Motamsaro ona haykali monumentiga tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalarga ushbu yodgorlikning yaratilish tarixi, chuqur ramziy ma’nosi hamda xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.



🔝 Ayniqsa, Motamsaro ona siymosida urush va fojealar tufayli farzandlarini yo‘qotgan onalarning cheksiz dardi, sabr-toqati va matonati mujassam ekani alohida ta’kidlandi.

🇺🇿 Bu kabi tashriflar yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlab, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni yanada kuchaytiradi.

✔️ Olmaliq davlat texnika instituti talabalari — yurt kelajagi, ma’naviy yetuk va mas’uliyatli avlod!

⤵️ Bunday ezgu tashabbuslar izchil davom etadi!

Autres actualités