WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
11 juilletjuilletjuillet 2026 9 vues

QDU tadqiqotchilari xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi

Malayziya davlatining Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan "Global ta’limning IV Xalqaro konferensiyasi" muvaffaqiyatli yakunlandi. Konferensiyaning yakuniy kunida yosh tadqiqotchilar va soha mutaxassislarining ilmiy ijodiy va amaliy izlanishlari muhokama qilindi.

Malayziya davlatining Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan "Global ta’limning IV Xalqaro konferensiyasi" muvaffaqiyatli yakunlandi. Konferensiyaning yakuniy kunida yosh tadqiqotchilar va soha mutaxassislarining ilmiy ijodiy va amaliy izlanishlari muhokama qilindi. Tadbirning so‘nggi kunida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tadqiqotchilari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha qizg‘in bahs-munozaralarda o‘zlarining ilmiy tezislari va takliflari bilan faol ishtirok etdi. Konferensiya yakunida QQDU vakillarining ilmiy tadqiqotlari yuqori baholanib, tashkilotchilar tomonidan xalqaro darajadagi maxsus sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, xalqaro tadbirning yopilish marosimida ishtirokchilar uchun Malayziyaning boy madaniyati, an’analari va milliy hunarmandchiligining o‘ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi yuqori darajadagi yakuniy konsert dasturi namoyish etildi. Universitetimiz delegatsiyasi a’zolari ushbu madaniy dastur bilan yaqindan tanishib, xalqaro ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash borasida katta taassurotlar oldi. Bunday yuqori darajadagi xalqaro ilmiy safarlar universitetimizning ilmiy salohiyatini oshirishga va xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Autres actualités