WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
07 maimaimai 2026 4 vues

QDUda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 7-may kuni Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin tadqiqot markazi professori, "Texnologiya + Ta’lim" strategiyasi va Jiangsu Qiyang Semiconductor Technology Co., Ltd. kompaniyasi asoschisi Chen Vensheng Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi.

Joriy yilning 7-may kuni Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin tadqiqot markazi professori, "Texnologiya + Ta’lim" strategiyasi va Jiangsu Qiyang Semiconductor Technology Co., Ltd. kompaniyasi asoschisi Chen Vensheng Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Dastlab mehmon universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari bo‘yicha suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellekt (SI), axborot texnologiyalari (IT) va matematika yo‘nalishlarida xalqaro tajribani keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish va yozgi oromgohlar tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, istiqbolda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.

Autres actualités