WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
20 maimaimai 2026 9 vues

QDUda Xitoy ta’lim tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Shu yilning 20-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Xitoyning ta’lim tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Tang International Education prezidenti Li Szincun, TG International Education and Technology biznes direktori Van Minyan va ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Nozim Yoqubov ishtirok etdi.

Shu yilning 20-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Xitoyning ta’lim tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Tang International Education prezidenti Li Szincun, TG International Education and Technology biznes direktori Van Minyan va ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Nozim Yoqubov ishtirok etdi. Mehmonlar universitet rektori Berdiyor Jo‘llibekov bilan uchrashib, suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, ikki tomonlama diplom dasturlarini yo‘lga qo‘yish, universitetda xitoy tili kurslarini tashkil etish, professional ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, qo‘shma loyihalar va xalqaro dasturlar orqali yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Autres actualités