WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
26 marsmarsmars 2026 4 vues

QDUda Yaponiya bilan hamkorlikda yapon tili va kasb-hunar markazi ochildi

Bugun, 26-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "KJC" Qoraqalpog‘iston Yaponiya xalq ta’limi markazi va Qoraqalpoq davlat universiteti bilan hamkorlikda yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 26-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "KJC" Qoraqalpog‘iston Yaponiya xalq ta’limi markazi va Qoraqalpoq davlat universiteti bilan hamkorlikda yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalarga keng imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ochilish marosimida Yaponiyaning nufuzli "Koutaru Kai - Joho Bencha" kompaniyasi direktori Kai Koutaro, Migratsiya agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i Azamat Achilov va universitet rektori Berdiyar Jollibekov ishtirok etib, ushbu markazning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ta’kidlanganidek, yangi tashkil etilgan markazning asosiy maqsadi talabalarni yapon tiliga o‘qitish, ularni xalqaro til va kasbiy malaka imtihonlariga puxta tayyorlashdan iborat. Shu bilan birga, markaz orqali yoshlarni Yaponiya kompaniyalarida bevosita ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va global mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirish ko‘zda tutilgan. Ushbu tashabbus talaba-yoshlar uchun nafaqat sifatli ta’lim olish, balki xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Shuningdek, ushbu hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Autres actualités