WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
02 juilletjuilletjuillet 2026 6 vues

Qoraqalpoq davlat universitetida Xitoy delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Hainan Education Planning Group Companies Jingmiaojin kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibida Wang Shiying, Hang Yueliang, Had YangRong va Li Ziqi ishtirok etdi.

 

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Hainan Education Planning Group Companies Jingmiaojin kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibida Wang Shiying, Hang Yueliang, Had YangRong va Li Ziqi ishtirok etdi. Uchrashuv avvalida universitet rektori B.Jollibekov mehmonlarni kutib olib, universitetning ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, ta’lim sifati va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng kompaniya vakillari o‘z faoliyati va amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalarini taqdimot qildi. Muloqot davomida universitet hududida zamonaviy texnologiyalar asosida toza ichimlik suvi ishlab chiqarish tizimini joriy etish, quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish, "aqlli kampus" infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan talabalar turar joylariga zamonaviy kir yuvish xizmatlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 

Autres actualités