WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
16 maimaimai 2024 81 vues

Regional cooperation in Central Asia: political-social and philosophical-legal aspects

Regional cooperation in Central Asia: political-social and philosophical-legal aspects

Keyingi yillarda Oʻzbekiston ichki siyosatida kuzatilayotgan keng qamrovli islohotlar, ochiqlik va yangilanishlar mamlakatning tashqi siyosatida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Ayniqsa, davlatimiz rahbari qoʻshnilarimiz – Markaziy Osiyo davlatlari bilan doʻstona, yaqin qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yoʻnalish sifatida belgilab berganlarini alohida ta’kidlash joiz.

Mintaqada yanada mustahkamlangan o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilm-fan sohalarda ijobiy natijalar qo‘lga kiritilishida muhim omil bo‘lmoqda.

Shu bois, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik: siyosiy-ijtimoiy va falsafiy-huquqiy aspektlari” mavzusida IV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi hamda O‘zbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda muhim mavzular haqida so‘z yuritildi.

Konferensiyani O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya rektori so‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi yaqin qo‘shnichilik siyosati, davlatlarimiz rahbarlarining o‘zaro keng miqyosdagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Mazkur anjuman bu boradagi ishlarning amaliy davomi ekanini qayd etdi. Anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Anjumanda O‘zbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Muhammadolim Muhammadsiddiqov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori Narzulla Jo‘rayev, Markaziy Osiyo xalqaro instituti bosh ilmiy xodimi, PhD Azer Adigazalov, Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Jo‘rabek Rasulov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Konferensiyada “Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat va din munosabatlari”, “Markaziy Osiyoda xalq diplomatiyasini rivojlantirishning dolzarb masalalari”, “Markaziy Osiyodagi integratsion jarayonlarning ijtimoiy-siyosiy jihatlari”, “O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi faol, tashabbuskor va konstruktiv tashqi siyosati”, “Markaziy Osiyoda davlatlari hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari”, “Markaziy Osiyo mintaqasida millatlararo munosabatlar xususiyatlari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Ma’ruzachilar keyingi yillarda O‘zbekiston davlat va jamiyat qurilishida ulkan natijalarga erishganini ta’kidlab o‘tdilar. Mamlakatimizdagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar sur’ati va shiddati boshqa mamlakatlarga namuna bo‘layotgani alohida qayd etildi.

Konferensiyada qo‘shni davlatlar o‘rtasida iqtisodiy integratsiyaga erishish uchun mintaqaviy xavfsizlik va gumanitar hamkorlik sohasida aloqalarni kuchaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Anjuman yakunida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Autres actualités