WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
09 juinjuinjuin 2026 10 vues

В Университете Балыкесир открылся Центр права Узбекистана

Turkiya Respublikasining Balikesir universitetida Toshkent davlat yuridik universitetining “O‘zbekiston huquq markazi” tashkil etildi.

 

Turkiya Respublikasining Balikesir universitetida Toshkent davlat yuridik universitetining “O‘zbekiston huquq markazi” tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur universitet kutubxonasi tarkibida “O‘zbekiston huquqiy adabiyotlari” bo‘limi ham faoliyat boshladi.

Prezidentimizning 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda TDYUning xalqaro ilmiy-akademik aloqalarini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan markazda O‘zbekiston huquq tizimi, milliy qonunchilik rivoji, yuridik ta’lim va ilm-fan sohasidagi islohotlarga oid ilmiy hamda o‘quv adabiyotlari, TDYUning ilmiy nashrlari, universitet faoliyatini aks ettiruvchi axborot materiallari va brend elementlari joylashtirildi.

Markazning ochilish marosimi davomida Balikesir universiteti vakillari bilan uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Muloqotlar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu markaz Balikesir universiteti talabalari, tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilari uchun O‘zbekiston huquqiy tizimi bilan yaqindan tanishish, mamlakatimizda yuridik ta’lim sohasida kechayotgan islohotlarni o‘rganish hamda kelgusida qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish uchun muhim axborot va hamkorlik maydoniga aylanadi.

Autres actualités