WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
11 juilletjuilletjuillet 2026 10 vues

Xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida xizmat safari bilan bo‘lib, TANG Chinese Education & Technology Ltd. kompaniyasi asoschisi va prezidenti janob Li Jinsong bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida xizmat safari bilan bo‘lib, TANG Chinese Education & Technology Ltd. kompaniyasi asoschisi va prezidenti janob Li Jinsong bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Ushbu uchrashuvning davomi sifatida tomonlar o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro memorandum imzolandi. Hujjatni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov va TANG Chinese Education & Technology Ltd. kompaniyasi asoschisi va prezidenti janob Li Jinsong imzoladi.

Ushbu memorandum ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Memorandumning muhim yo‘nalishlaridan biri xitoy tilini o‘qitishni rivojlantirish, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, innovatsion raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlarini amalga oshirish orqali yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat.

Mazkur kelishuv Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda universitetning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Autres actualités