🌐 Xalqaro maydonda ODTI — bilim va salohiyat namoyoni!
🔧«КванторФорм» kompaniyasining taklifiga binoan, Olmaliq davlat texnika instituti talabalari yana bir nufuzli xalqaro maydonda o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi!
🎓 2026-yil 16-19-aprel kunlari Pyotr I nomidagi Sankt-Peterburg Politexnika universiteti bazasida o‘tkazilgan “Texnologik ishlab chiqarishni tayyorlash” nomli talabalar olimpiadasining yakuniy bosqichida institutimiz vakillari munosib ishtirok etdilar.
😄 Ishtirokchilar:
— “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo‘nalishi talabalari Ochilov Shoxrux va Xegay Denis
— Ilmiy rahbar: Komilov Islomjon Raimqul o‘g‘li, kafedra assistenti
📊Ushbu olimpiada:
— talabalar bilimining yuqori darajasini
— zamonaviy muhandislik yondashuvlarining dolzarbligini
— amaliy ko‘nikmalarning naqadar muhimligini yaqqol namoyon etdi.
⚙️ Bunday xalqaro platformada ishtirok etish — bu nafaqat tajriba almashish, balki kelajak muhandislarini tayyorlash yo‘lida muhim qadamdir.
⚙️ ODTI talabalari — global maydonda ham o‘z o‘rniga ega!