WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
08 juinjuinjuin 2026 12 vues

“Yangi O‘zbekiston” universiteti professorlari "Harbin Institute of Technology"da malaka oshirdi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti professorlari Zulfiqar A. Khan va Malik Abdul Rehman Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan "Harbin Institute of Technology" (HIT)da ikki haftalik xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etdi.

Xitoy Fan va texnologiyalar vazirligi ko‘magida tashkil etilgan “New Energy Technologies and Innovative Upgrading” dasturi barqaror rivojlanish, yangi energiya texnologiyalari va global energetik transformatsiya masalalariga bag‘ishlandi.

Dastur davomida professorlar uglerod neytralligi asosidagi energetika tizimlari, sun’iy intellekt bilan integratsiyalashgan quyosh energetikasi, zamonaviy batareya texnologiyalari, energiyani saqlash tizimlari hamda yashil texnologiyalar bo‘yicha ilg‘or bilim va tajribalarni o‘rgandi.

Mazkur dastur “Yangi O‘zbekiston” universitetining xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va barqaror rivojlanish sohasidagi ilmiy salohiyatni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarining yana bir natijasi bo‘ldi.

Autres actualités