WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
28 avrilavrilavril 2026 4 vues

Yaponiya bilan xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Bugun, 28-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurti - Showa farmatsevtika universiteti delegatsiyasi mehmon bo‘ldi. Delegatsiya tarkibida universitet professori Takano Akixito, Showa farmatsevtika va farmakognoziya maktabi direktori Takahisa Nakane va professor Yuki Sakai ishtirok etdi.

Bugun, 28-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurti - Showa farmatsevtika universiteti delegatsiyasi mehmon bo‘ldi. Delegatsiya tarkibida universitet professori Takano Akixito, Showa farmatsevtika va farmakognoziya maktabi direktori Takahisa Nakane va professor Yuki Sakai ishtirok etdi. Mehmonlar universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari bo‘yicha suhbatlashdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar kelgusida Yaponiyaning JICA tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy loyihalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, Orolbo‘yi cho‘l hududlarida sho‘rlanishning oldini olish bo‘yicha yaponiyalik olimlar bilan birgalikda tadqiqotlar olib borish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar hamkorligini kengaytirish va ilmiy tajriba almashishni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu uchrashuv universitetning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.

Autres actualités