WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Toutes les actualités
21 maimaimai 2026 4 vues

YOSHLAR KUNI — KELAJAK SARI MUHIM QADAM!

Bugun Olmaliq shahridagida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur uchrashuv doirasida o‘tkazilgan ko‘rgazmaning eng asosiy va e’tibor markazidagi qismi — Olmaliq davlat texnika instituti oilasi tomonidan namoyish etildi.

Ko‘rgazma davomida yoshlar institut faoliyati, zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, innovatsion loyihalar hamda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

⏰ Ayniqsa, Yoshlar kuni doirasida tashkil etilgan “TalabaEXPO” kasb ko‘rgazmasi yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Unda ODTI talabalari o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etib, yosh avlodga motivatsiya ulashdi.

🤝 Tadbirda “Oʻzmilliybank” AJ hamda “Kelajakka qadam” markazi xodimlarining ishtiroki esa yoshlarni kasbga yo‘naltirish, bandlik va kelajak rejalari borasidagi amaliy tavsiyalar bilan boyitdi.

📍 Olmaliq davlat texnika instituti — bu nafaqat ta’lim maskani, balki ertangi kun liderlari, muhandislari va tashabbuskor yoshlarini tarbiyalaydigan ulkan imkoniyatlar maydoni!

Autres actualités