Наманганский государственный технический университет
Автомобильные дороги и аэродромы
О программе
Avtomobil yo‘llari va aerodromlar mutaxassisligi
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi - “Arxitektura va qurilish” ta’lim sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi va xususiy yo‘llarni loyihalash va qurilish korxonalarida, aerodrom xizmati korxonalarida avtomobil yo‘llari va aerodromlarni loyihalash va qurish, qurilishni tashkil etish, yo‘l va aerodrom qurilishi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, texnik-iqtisodiy hisoblash, yo‘l va aerodrom qurilish materiallarini ishlab chiqarish, yo‘l va aerodrom qurilish materiallarini sifatini baholash, ishlar sifat nazoratini ta’minlashda muhandislik hisoblashlarini qo‘llash, ularga algoritmlar tuzish va matematik ta’minotini ishlab chiqish kabi kasbiy ko‘nikmalarga yo‘naltirilgan inson faoliyati bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
ishlab chiqarish: mutaxassislik bo‘yicha avtomobil yo‘llari va aerodromlarni ta’mirlash va saqlash tizimlari sohasida mavjud holatning tahliliy sharhlarini ishlab chiqish, avtomobil yo‘llari va aerodromlarni tizimlari magistr ixtisosligiga mos mavzulardagi loyihalarni ekspertiza qilish bo‘yicha ekspert guruhlarida ishtirokchi sifatida qatnashish, ishlab chiqarish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish,
xalqaro tajribalarga muvofiq zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish faoliyati natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash usullaridan foydalanish va monitoringini olib borish, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni baholash, yo‘l xo‘jaligida qurilish-montaj ishlarini xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq olib borishni va ob’yektlarni sinovdan o‘tkazish va foydalanishga topshirishni tashkil qilish, avtomobil yo‘llari va aerodromlar ob’yektlarida ishlarni tashkil qilish va texnologiyaga oid muammolarni mustaqil yecha olishi, hamda mavjud moddiy va mehnat resurslarini birinchi navbatda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarish masalalarini yechishga jalb qila olish, avtomobil yo‘llari va aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish tashkilotlarida, hamda qurilish ob’yektlariga qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini yetkazib beruvchi korxonalarda yangi texnologik jarayonlarni o‘zlashtirish va mavjudlarini takomillashtirish.
loyiha-tahliliy: xalqaro tajribalarga muvofiq avtomobil yo‘llari va aerodromlarni loyihalarini ishlab chiqish, bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadqiqot qilish, xalqaro tajribalarga muvofiq namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash, ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning xalqaro tajribalarga muvofiq instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish, loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish.
ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyati: avtomobil yo‘llari, undagi inshootlar va aerodromlarni loyihalash va qurilishida mavjud bo‘lgan dolzarb ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etish, ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish, ilmiy adabiyotlar va internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsiyaviy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda qidirish va topish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish, avtomobil yo‘llari va aerodromlarni loyihalash va qurilishi bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish, o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogika texnologiyalardan, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, elektron (e-learning), mobil (m-learning), masofaviy axborot texnologiya va o‘quv-metodik majmualarni mukammal o‘zlashtirish, pedagogik va ilmiy mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borish.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr(2 yil) davomida jami:
120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 1800 soat
Ilmiy-tadqiqot ishi magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1020 soat
Ilmiy-pedagogik ish: 240 soat
Ilmiy amaliyot: 420 soat
Davlat attestatsiyasi: 240 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
45 |
1 - 4 |
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish |
|
Ilmiy-tadqiqot ishi magistrlik dissertatsivasini tayyorlash |
8 |
1,2,3,4 |
|
|
Ilmiy amaliyot |
14 |
2,4 |
|
|
Attestatsiya |
6 |
1 - 3 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
2 |
4 |
|
|
Ta’tillar |
23 |
1 - 4 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
2 |
1,3 |
|
|
Jami |
100 |
Qo‘shimcha izoxlar:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
- Kurs loyihasi, kurs ishlari uchun talabaga mustaqil ta’lim soatlaridan 30 akademik soatni ajratgan holda 1 kredit beriladi.
- Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish kiradi.
- Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Похожие программы
Андижанский государственный технический университет
Mashinasozlik texnologiyasi
8 968 000 so'm
в год
Андижанский государственный технический университет
Медико-биологические приборы, системы и комплексы (по областям применения)
8 968 000 so'm
в год
Ташкентский государственный аграрный университет
Логистика
15 160 000 so'm
в год
Наманганский государственный технический университет
Инженерия транспортных средств
13 000 000 so'm
в год
Наманганский государственный технический университет
Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish
13 000 000 so'm
в год
Наманганский государственный технический университет
Transport logistikasi
13 000 000 so'm
в год