WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Университет Мамун

История

Магистр Очная 2 год

О программе

Tarix ta’lim yo‘nalishi — ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimidagi muhim soha bo‘lib, u insoniyat jamiyati taraqqiyotining bosqichlarini, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy jarayonlarni o‘rganishga qaratilgan. Mazkur yo‘nalish Magistrlarda tarixiy tafakkur, tahliliy fikrlash, manba bilan ishlash va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tarix yo‘nalishi nafaqat o‘tgan davrni o‘rganish, balki hozirgi zamon va kelajak taraqqiyotini to‘g‘ri baholash imkonini beradi.

 

O‘quv dasturining maqsadi

Tarix yo‘nalishining asosiy maqsadi — Magistrlarga tarixiy bilimlar tizimini, tadqiqot metodlarini va tarixiy tafakkurni egallash imkonini berish, mustaqil fikrlaydigan, tahliliy yondasha oladigan, milliy va jahon tarixini chuqur biladigan mutaxassislarni tayyorlashdir.

 

Magistrlar:

- O‘zbekiston va jahon tarixining asosiy bosqichlarini chuqur o‘rganadilar;

- Tarixiy manbalar bilan ishlash, tahlil qilish, solishtirish va xulosa chiqarishni o‘rganadilar;

- Tarixiy jarayonlarni hozirgi davr bilan bog‘lay olish malakasini hosil qiladilar,

- Ilmiy tadqiqot ishlari olib borish ko‘nikmasini shakllantiradilar.

 

Ta’lim natijalari

2 yillik o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar “Tarix Magistr” darajasini oladilar. Ular tarix o‘qituvchisi, ilmiy xodim, muzeyshunos, arxivchi, tahlilchi va boshqa ijtimoiy soha mutaxassisi sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

 

Bitiruvchilar:

- Tarixiy manbalarni o‘qish, tarjima qilish va tahlil etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar;

- O‘zbekiston tarixi, jahon tarixi, tarix falsafasi, tarixshunoslik, arxeologiya va etnologiya fanlari bo‘yicha chuqur bilim oladilar;

- Axborot texnologiyalarini tarixiy tadqiqotlarda qo‘llay olish malakasini egallaydilar.

 

O‘quv dasturi tuzilishi

1–kursda magistrlarga Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi, Tarixiy rekonstruktsiya masalalari,  Paleoekologiya va sivilizatsiya dinamikasi, O’zbekistonda yer-suv munosabatlari (qadimgi davrdan – hozirgi kungacha), Globallashuv sharoitida O’zbekiston va Jahon mamlakatlari hamkorligi, O`zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi, O`rta Osiyoda ibtidoiy jamoa tuzumi va ilk davlatchilik kabi asosiy umumiy va tayanch fanlar o‘qitiladi:

2-kursda esa Qadimgi Sharq tarixi manbalari va tarixshunosligi, O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik, Migratsion jarayonlar tarixi: o'tmish va bugun, Jahon sivilizatsiyalar tarixining dolzarb muammolari
kabi mutaxassislik fanlari o‘qitiladi.

O‘qish jarayonida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar, arxiv va muzeylardagi tajribalar bilan uyg‘unlashtiriladi.

 

Magistr bosqichidan keyingi imkoniyatlar

Bitiruvchilar o‘z ta’limini:

- Doktorantura bosqichida “O‘zbekiston tarixi”, “Tarixshunoslik-manbashunaoslik”, “Jahon tarixi”, “Etnografiya, etnologiya va antropologiya”, kabi  yo‘nalishlarda mustaqil izlanuvchilik va tayanch doktoranturani davom ettirishlari mumkin;

- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarix” va “Tarbiya” fanlari o‘qituvchisi sifatida ishlash imkoniga ega bo‘ladilar;

- Shuningdek, gid-ekskursavod kasbida, tarixiy obidalar va madaniy maskanlarda sayohat yetakchisi sifatida faoliyat yuritishlari mumkin;

- Ilmiy-tadqiqot institutlari, muzeylar, arxivlar va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil tadqiqotchi yoki ilmiy xodim sifatida ishlash imkoniga ega bo‘ladilar.

Похожие программы