WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
28 октябряоктябряоктября 2024 6 просмотров

Namangan muhandislik-texnologiya institutida ilmiy tadqiqotchilar bilan muloqot o'tkazildi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Oybek Ergashev 2024-yil himoya rejasiga kiritilgan tadqiqotchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu muloqotda institutda ilmiy faoliyat olib borayotgan doktorant va tadqiqotchilar ishtirok etib, ilmiy izlanishlar va himoya jarayonlariga oid masalalar yuzasidan keng qamrovli muhokamalar olib borildi.

Oybek Ergashev tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatlarida uchrayotgan qiyinchiliklarga alohida e’tibor qaratib, ularga samarali ilmiy metodologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda zamonaviy tadqiqot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maslahatlar berdi. Shuningdek, ilmiy ishlarning sifatini oshirish, amaliy natijalarga erishish hamda xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyani kuchaytirish yo‘llari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, ilmiy ishlarni himoya qilish jarayonida talab qilinadigan hujjatlarni tayyorlash, zamonaviy akademik yozuv uslublarini qo‘llash va ilmiy maqolalarni xalqaro nashrlarda chop etish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bu kabi muloqotlar institutning ilmiy rivojlanishiga xizmat qilish bilan birga, tadqiqotchilarni kelgusidagi ilmiy izlanishlariga yangicha yondashishga undaydi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Другие новости