WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
02 мартамартамарта 2026 7 просмотров

OISCA International College volontyorlari universitet bilan tanishdi

Bugun, 2-mart kuni Yaponiyaning OISCA International College tashkiloti vakillari va volontyorlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi.

Bugun, 2-mart kuni Yaponiyaning OISCA International College tashkiloti vakillari va volontyorlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Mehmonlarni universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori T.Nurimbetov kutib olib, oliy o‘quv yurtining faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Uchrashuv davomida universitetda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik loyihalari, talabalar almashinuv dasturlari va akademik mobillik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir doirasida yaponiyalik mehmonlar universitetning Chet tillari fakultetida bo‘lib, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan yaqindan muloqot qildi. Ayniqsa, fakultetda tashkil etilgan madaniy taqdimot mehmonlar va talabalar uchun unutilmas taassurot qoldirdi. OISCA International College vakillari tomonidan Yaponiya xalqining milliy urf-odatlari, an’analari, kundalik turmush madaniyati va qadriyatlari namoyish etildi. Shuningdek, mehmonlar universitet hududida joylashgan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyini ham tomosha qildi. Tashrif yakunida tomonlar ta’lim, madaniyat va volontyorlik yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va talabalar o‘rtasida xalqaro tajriba almashishni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Другие новости