WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
21 апреляапреляапреля 2026 7 просмотров

Professor Abdul Talib Bon bilan uchrashuv: ilm-fan va ta’lim integratsiyasiga yangi imkoniyatlar

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish maqsadida nufuzli xorijiy olimlar ishtirokidagi uchrashuvlar izchil davom etmoqda. Jumladan, Abdul Talib Bon — Malayziyaning Universiti Tun Hussein Onn Malaysia Texnologiya menejmenti va biznes fakulteti professori universitetimizga tashrif buyurdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish maqsadida nufuzli xorijiy olimlar ishtirokidagi uchrashuvlar izchil davom etmoqda. Jumladan, Abdul Talib Bon — Malayziyaning Universiti Tun Hussein Onn Malaysia Texnologiya menejmenti va biznes fakulteti professori universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Energetika muhandisligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Elektr stansiyalari” mutaxassisligi magistrantlari uchun master-klass tashkil etildi. Unda zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar hamda sanoat va ta’lim integratsiyasi masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha fikr almashish, ularning xalqaro miqyosdagi ahamiyati va amaliy natijalarini oshirish yuzasidan ilmiy diskussiyalar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari, qo‘shma ilmiy loyihalar va akademik almashinuv dasturlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ahamiyatli jihati shundaki, professor Abdul Talib Bon universitetimizga jamoatchilik asosida jalb etilgan bo‘lib, bu esa xalqaro ilmiy aloqalarni yanada kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarning ilmiy salohiyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur tashrif Qoraqalpoq davlat universitetining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda zamonaviy bilim va tajribalar almashinuvini ta’minlashga xizmat qiladi.

Другие новости