WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
06 июляиюляиюля 2026 4 просмотров

QDU professori "Turkiy dunyo haftaligi" xalqaro kongressida ekspert sifatida ishtirok etdi

Joriy yilning 29-iyun va 3-iyul kunlari oralig‘ida Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Birinchi Turkologiya qurultoyi: yuz yillik ilmiy va madaniy meros" mavzusidagi "Turkiy dunyo haftaligi" xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 29-iyun va 3-iyul kunlari oralig‘ida Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Birinchi Turkologiya qurultoyi: yuz yillik ilmiy va madaniy meros" mavzusidagi "Turkiy dunyo haftaligi" xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi. Kongress turkologiya ilmining shakllanishi va rivojlanishida muhim o‘rin tutadigan Birinchi Turkologiya qurultoyining yuz yillik merosini zamonaviy ilmiy metodologiyalar asosida tadqiq etish, uning ilmiy-tarixiy ahamiyatini ochib berish, shuningdek, turkiy xalqlarning mushtarak lisoniy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarini saqlash va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi. Kongressda turkiy mamlakatlardan, shuningdek, Yevropa, Osiyo va boshqa hududlardan kelgan yetakchi turkolog olimlar, tilshunos-adabiyotshunos tadqiqotchilar, tarixchilar, madaniyatshunoslar, davlat va jamoat arboblari ishtirok etdi. Shu bilan birga, Turkiy davlatlar tashkiloti, TURKSOY, Xalqaro Turkiy akademiya, Turkiy madaniyat va meros fondi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari forum ishlarida faol ishtirok etib, turkiy integratsiyani chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Boku shahrida o‘tkazilgan mazkur xalqaro kongressda Qoraqalpoq davlat universitetidan "Turkman tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor O.Gayliyeva ekspert sifatida ishtirok etdi.

Другие новости