WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
10 январяянваряянваря 2026 9 просмотров

Qoraqalpoq davlat universiteti va Osaka universiteti xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Bugun, 10-yanvar kuni Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri - Osaka universiteti professori, shuningdek, National Geographic jamiyati koordinatori Ken Ito Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, bu yerda universitet rektori Berdiyar Jollibekov bilan uchrashdi.

Bugun, 10-yanvar kuni Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri - Osaka universiteti professori, shuningdek, National Geographic jamiyati koordinatori Ken Ito Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, bu yerda universitet rektori Berdiyar Jollibekov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar oliy ta’lim va fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xususan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Professor Ken Ito kelgusida Qoraqalpog‘iston hududida ekologik muammolarni o‘rganish, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish va biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan xalqaro ekologik loyihalarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarning akademik mobilligini ta’minlash, o‘zaro tajriba almashish, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda seminar va ma’ruzalar tashkil etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Bu borada mavjud imkoniyatlar va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilinib, istiqboldagi hamkorlik bo‘yicha takliflar bildirildi. Rektor Berdiyar Jollibekov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotganini, ayniqsa, ekologiya, barqaror rivojlanish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohalarida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, qo‘shma tashabbuslarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va kelgusida aniq loyihalar doirasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha kelishib oldi.

Другие новости