WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
24 апреляапреляапреля 2026 11 просмотров

Qoraqalpoq davlat universitetida yapon tili markazi faoliyati boshlanmoqda

Xabaringiz bor, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "KJC" Qoraqalpog‘iston Yaponiya xalq ta’limi markazi va universitet hamkorligida yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil etilgan edi. Ushbu markaz yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi, zamonaviy kasb-hunar sirlarini egallashi va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Xabaringiz bor, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "KJC" Qoraqalpog‘iston Yaponiya xalq ta’limi markazi va universitet hamkorligida yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil etilgan edi. Ushbu markaz yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi, zamonaviy kasb-hunar sirlarini egallashi va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan 24-aprel kuni Yaponiyaning JOHO BENCHA kompaniyasi mutaxassislari Oshima Ikuko, Kojima Sae va Wakabayashi Nobuhide universitetga tashrif buyurdi.

Bu yerda mehmonlar universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, yapon tilini o‘qitishni boshlash, ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv jadvali va zamonaviy o‘qitish metodlari bo‘yicha fikr almashdi. Uchrashuv davomida talabalarni yapon tiliga qiziqtirish, ularni xalqaro standartlar asosida tayyorlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda kelgusida Yaponiya ta’lim va mehnat bozori bilan integratsiyani kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu hamkorlik Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning til bilishi, kasbiy mahorati va xalqaro tajribasini oshirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Другие новости