27 апреляапреляапреля 2026
7 просмотров
📍 Samarqandda maʼnaviy-maʼrifiy tashrif
Olmaliq davlat texnika instituti Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari Samarqand shahriga tashrif doirasida Registon majmuasi hamda Imom Buxoriy majmuasi ziyoratgohlarida boʻldilar.
✅ Tashrif davomida talabalar Registon majmuasining betakror meʼmoriy sanʼati va tarixiy ahamiyati bilan yaqindan tanishib, Imom Buxoriy ilmiy merosi haqida ham batafsil maʼlumotlarga ega boʻldilar.
🤝 Shuningdek, talabalar boshqa oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan doʻstona suhbatlashib, birga suratga tushishdi. Bu holat yoshlar oʻrtasida samimiy muloqot, doʻstlik va hamkorlik ruhini yanada mustahkamladi.
🔼 Mazkur safar talabalarning maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirib, milliy meros va qadriyatlarga hurmatini yanada oshirdi.