WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
10 январяянваряянваря 2026 12 просмотров

Sinoway Forest bilan xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi.

Bugun, 10-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sinoway Forest kompaniyasi delegatsiyasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Ushbu tashrif universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish doirasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Bugun, 10-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sinoway Forest kompaniyasi delegatsiyasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Ushbu tashrif universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish doirasida muhim ahamiyat kasb etdi. Tashrif doirasida dastlab mehmonlar universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori T.Nurimbetov bilan uchrashib, suhbatlashdi. Unda Sinoway Forest kompaniyasi direktori Lyu Tao boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi. Suhbat davomida 2025-yilda boshlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi cho‘l zonalarini ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan loyihaning birinchi bosqichi natijalari tahlil qilinib, loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi. Xususan, ekologik barqarorlikni yaxshilash, cho‘llanish jarayonlarining oldini olish va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan ekin ishlari bo‘yicha aniq reja va takliflar bildirildi. Sinoway Forest kompaniyasi direktori Lyu Tao loyiha doirasida zamonaviy agrotexnologiyalar, cho‘l sharoitiga mos, iqlimga chidamli daraxt va buta ko‘chatlaridan foydalanish rejalashtirilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, loyiha samaradorligini oshirish uchun ilmiy yondashuv va mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlik muhimligi ta’kidlandi. O‘z navbatida, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor T.Nurimbetov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti olim va mutaxassislari ushbu loyiha doirasida ilmiy-amaliy maslahatlashuvlar, tajriba almashish va monitoring ishlarida faol ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuvda 2026 yil bahor mavsumi boshlanishi bilan ekish ishlarini bosqichma-bosqich olib borish masalalari kelishib olindi.

Другие новости