WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
18 июняиюняиюня 2026 6 просмотров

TARIXIY O‘YIN, SO‘NMAS ISHONCH!

Bugun AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk mundial uchrashuvini o‘tkazdi.

Mexiko shahridagi afsonaviy “Atsteka” stadionida kechgan bahsda vakillarimiz Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra hisob 3:1 ko‘rinishida raqiblar foydasiga hal bo‘ldi.

📍 Ammo bu tong natijadan ham muhimroq voqea yuz berdi — O‘zbekiston futboli tarixiga oltin harflar bilan bitiladigan lahza qayd etildi. Terma jamoamizning Jahon chempionatlari tarixidagi ilk goliga Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi. Uning bosh bilan kiritgan goli millionlab yurtdoshlarimiz qalbida faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi.

⚡️ Ushbu tarixiy uchrashuv respublikamiz bo‘ylab katta qiziqish bilan kuzatildi. Xususan, Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi ham futbol bayramidan chetda qolmadi. Talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar Energetika va mashinasozlik fakultetida hamda Olmaliq shahrining markaziy sport o‘yingohida jam bo‘lib, milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlashdi.

⭐️ Bugun natija biz kutgandek bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Ammo Jahon chempionatidagi ilk qadamlar doimo tarix bo‘lib qoladi. Oldinda esa yanada qizg‘in, murosasiz va hal qiluvchi ikki uchrashuv kutib turibdi.

🇺🇿 ODTI jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ishonadi!
🐺 Oq bo‘rilar, sizlar bilan faxrlanamiz!
⚽️ Kurash davom etadi, g‘alabalar hali oldinda!

Другие новости