WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
26 июняиюняиюня 2026 16 просмотров

TDAUda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida xalqaro ilmiy-texnologik hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent davlat agrar universitetiga “Bir makon, bir yo‘l” (Belt and Road) xalqaro qishloq xo‘jaligi sanoati hamkorligi doirasida faoliyat yurituvchi Gonkongning Yangi Sifatli Ishlab Chiqarish Kuchlari Instituti hamda Gansu Fan va Texnologiyalar Assotsiatsiyasi delegatsiyasi rasmiy tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator masalalar muhokama qilindi.
 Tashrif doirasida delegatsiya tomonidan maxsus ilmiy-ma’rifiy seminarlar tashkil etilib, quyidagi yo‘nalishlarda taqdimotlar o‘tkazildi:
🔹 viruslardan xoli kartoshka urug‘larini ko‘paytirish, yetishtirish va sanoatda qo‘llashning zamonaviy texnologiyalari;
🔹 “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida quruq va nam organik chiqindilarni qayta ishlashga mo‘ljallangan yarim yer osti anaerob fermentatsiya uskunalari, ularning muhandislik yechimlari hamda yangi energiya ishlab chiqarish imkoniyatlari.
 Shuningdek, tomonlar Toshkent davlat agrar universitetida tajriba dalalari va qishloq xo‘jaligi namoyish maydonlarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashishni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Другие новости