WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
10 февраляфевраляфевраля 2026 6 просмотров

Xalqaro hamkorlik doirasida muhim qadam

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 2-fevraldagi 03-15-617-sonli xatiga asosan, 2026-yil 10-fevral kuni Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Toshkent Koreya ta’lim markazi vakillari Buxoro davlat pedagogika institutiga amaliy tashrif buyurdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida muhim qadam
🇺🇿

 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 2-fevraldagi 03-15-617-sonli xatiga asosan, 2026-yil 10-fevral kuni Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Toshkent Koreya ta’lim markazi vakillari Buxoro davlat pedagogika institutiga amaliy tashrif buyurdi.👍

     Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash hamda zamonaviy til o‘qitish metodikalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida institutda koreys tili kafedrasi hamda koreys tilini o‘rganish markazini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

      Mazkur tashabbus talabalarga xorijiy tillarni chuqur o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro ta’lim dasturlarida faol ishtirok etish hamda Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan akademik almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladi. Hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi ikki tomonlama ta’limiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Другие новости