Xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Bugun, 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasidagi Yaponiya Elchixonasining Iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi kotibi Kavasima Sintaro Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Tashrif doirasida mehmon universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari bo‘yicha samimiy suhbat o‘tkazdi.
Bugun, 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasidagi Yaponiya Elchixonasining Iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi kotibi Kavasima Sintaro Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Tashrif doirasida mehmon universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari bo‘yicha samimiy suhbat o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, Yaponiya tajribasini o‘rganish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish va iqtisodiy yo‘nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashda ilg‘or yondashuvlardan foydalanish yuzasidan fikr almashildi. Mehmon tomonidan Yaponiyaning oliy ta’lim tizimi, innovatsion rivojlanish modeli va iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Rektor B.Jollibekov o‘z navbatida universitetda olib borilayotgan islohotlar, xalqaro aloqalarni kengaytirish borasidagi ishlar va xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalarga to‘xtalib o‘tdi. Ushbu tashrif universitetning xalqaro nufuzini oshirish, talaba-yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va global ta’lim makoniga integratsiyalashuv jarayonlarini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.