WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
24 маямаямая 2026 12 просмотров

“Yangi O‘zbekiston” universitetida EdTech yo‘nalishidagi xakaton muvaffaqiyatli yakunlandi

Mazkur tadbir ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar uchun sun’iy intellekt asosidagi amaliy yechimlarni ishlab chiqishga qaratildi.

Dastur davomida ishtirokchi jamoalar mentorlar ko‘magida o‘z loyihalarini takomillashtirib, ularni taqdim etdi hamda keyingi bosqichga olib chiqish uchun zarur tajriba va tavsiyalar oldi. EdTech trek doirasida 1 300 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan, ulardan 600 nafari tadbirlarda bevosita qatnashgan. 
 

Umuman olganda, FinTech va EdTech yo‘nalishlari bo‘yicha ideaton va xakatonlar natijasida 227 ta jamoa akseleratsiya bosqichiga saralandi. Dastur doirasida 1 000 nafardan ortiq ishtirokchi, 20 dan ortiq real sanoat muammosi, 25 nafar SQB biznes mentori va 500 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi jalb etildi. 



Shuningdek, ideaton va xakatondan saralangan FinTech hamda EdTech startaplari endilikda 12 haftalik intensiv akseleratsiya dasturida rivojlantiriladi. Ushbu bosqich g‘oyalarni yanada kuchaytirish, startap g'oyalarini amaliy mahsulotga aylantirish va bozorga tayyorlashga xizmat qiladi. 

Mazkur tashabbus “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar innovatsiyasi, startap ekotizimi va amaliy texnologik yechimlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi izchil yondashuvining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Другие новости