WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
13 февраляфевраляфевраля 2026 5 просмотров

Yaponiya bilan hamkorlikning yangi bosqichi

Joriy yilning 13-fevral kuni Joho Bencha kompaniyasi direktori janob Koutaru Kay Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Bu yerda u universitet talabalari bilan ochiq muloqot qildi.

Joriy yilning 13-fevral kuni Joho Bencha kompaniyasi direktori janob Koutaru Kay Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Bu yerda u universitet talabalari bilan ochiq muloqot qildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni Yaponiyada ishga joylashish imkoniyatlari, mehnat sharoitlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, Yaponiyaning mehnat qonunchiligi va korporativ madaniyatining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Shuningdek, hamkorlik doirasida universitetga yapon tili bo‘yicha malakali mutaxassis jalb qilinadi. U 8 oy davomida talabalarga dars berib, yapon tilini chuqur o‘rganish, kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda Yaponiyada ishlash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu tashabbus yoshlarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda Yaponiya bilan ta’lim hamkorligini mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Другие новости