WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Все новости
17 январяянваряянваря 2026 6 просмотров

Yaponiyaning "Koutaru Kai - Joho Bencha" kompaniyasi vakili Qoraqalpoq davlat universitetida

Bugun, 17-yanvar kuni Yaponiyaning nufuzli "Koutaru Kai - Joho Bencha" kompaniyasining direktori Kai Koutaro Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Tashrif doirasida mehmon universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha suhbatlashd

Bugun, 17-yanvar kuni Yaponiyaning nufuzli "Koutaru Kai - Joho Bencha" kompaniyasining direktori Kai Koutaro Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Tashrif doirasida mehmon universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha suhbatlashdi. Uchrashuv davomida talabalarni xorijiy tillarga, xususan, yapon tiliga o‘qitish, ularni xalqaro malaka va til imtihonlariga tayyorlash, shuningdek, Yaponiya kompaniyalarida bevosita ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar kadrlar tayyorlash jarayonini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish, talabalarning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi. Ushbu hamkorlik dasturi talaba-yoshlarga yuqori malakali ish tajribasini oshirish, xalqaro ish muhiti, mehnat intizomi va korporativ madaniyat bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Shu bilan birga, yosh mutaxassislarning xorijda orttirgan bilim va tajribalarini kelgusida mamlakatimiz taraqqiyoti, iqtisodiyoti va ishlab chiqarish sohalarida samarali qo‘llashi uchun mustahkam zamin yaratadi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va talabalarning xalqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga kelishib oldi. Bunday tashabbuslar Qoraqalpoq davlat universitetining xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlashga, zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Другие новости