WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro innovatsiyalar universiteti

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha)

  Buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishi — bu turli iqtisodiyot tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo,
  bank-moliya sohasi va davlat sektori) moliyaviy hisobni yuritish, soliq tahlilini olib borish va mustaqil audit
  xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha keng qamrovli bilim hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantiradigan zamonaviy ta'lim
  dasturidir. Dastur xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) va xalqaro audit standartlari (ISA) asosida tashkil
  etilgan.

  Dasturning maqsadi

  Bitiruvchilarni xalqaro standartlar talablariga javob beradigan moliyaviy hisobotlarni tuzish, soliq majburiyatlarini
  optimallashtirish va mustaqil audit xulosalarini berish qobiliyatiga ega bo'lgan yuqori malakali buxgalter va
  auditor-mutaxassislar sifatida tayyorlashdan iborat.

  Asosiy o'quv fanlari:

  • Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari
  • Moliyaviy hisobot va xalqaro standartlari (IFRS/IAS)
  • Boshqaruv hisobi va xarajatlar tahlili
  • Soliqlar va soliq tizimi
  • Audit nazariyasi va amaliyoti (ISA standartlari)
  • 1C, SAP, Oracle va boshqa raqamli buxgalteriya tizimlari
  • Moliyaviy tahlil va biznes-rejalashtirish
  • Tarmoqlar bo'yicha hisob xususiyatlari (bank, sanoat, savdo, qurilish)

  Egallaniladigan ko'nikmalar:

  • Moliyaviy hisobotlarni IFRS standartlari bo'yicha tuzish
  • Audit tekshiruvlarini rejalashtirish va o'tkazish
  • Raqamli buxgalteriya dasturlari bilan professional ishlash
  • Soliqlarni hisoblash va moliyaviy risklarni baholash
  • Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini tahlil qilish

  Kasbiy istiqbollari

  Bitiruvchilar korxona va tashkilotlarda bosh buxgalter, audit kompaniyalarida ichki va tashqi auditor, soliq
  organlarida inspektor-mutaxassis, banklarda moliyaviy nazoratchi, "Big Four" (Deloitte, PwC, EY, KPMG) kabi xalqaro
  auditorlik kompaniyalarida konsultant, davlat moliya tizimida ekspert, shuningdek o'z buxgalteriya yoki audit
  firmasini ochish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

  Davomiyligi: 4 yil (Bakalavr) | Ta'lim shakli: Kunduzgi

O'xshash dasturlar