Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
Buxgalteriya hisobi
Dastur haqida
Iqtisodiyot fakultetiga 1954-yilda asos solingan. Fakultet о‘tgan davr mobaynida Muhandis iqtisodchi va kimyoviy texnologiya, Sohalar menejmenti, Avtomatlashtirish va boshqaruv hamda Matbaa texnologiyalari nomlari bilan faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda ushbu fakultet Iqtisodiyot fakulteti deb nomlanadi. Fakultet tarkibida "Iqtisodiyot va menejment", "Buxgalteriya hisobi va marketing", "O'zbek va xorijiy tillar" va "Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat" kafedralari faoliyat olib boradi. Bugungi kunga kelib fakultetda kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari hamda magistratura mutaxassisligi bo'yicha jami 2800 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Fakultetda tahsil olayotgan talabalarga 112 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 11 nafar fan doktori-professor, 26 nafar fan nomzodi-dotsent, 23 nafar katta o‘qituvchi, 52 nafar assistent samarali ta’lim-tarbiya bermoqda. Jamoaning oldida juda katta vazifalar bo‘lib, ulardan asosiysi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi-sifat bosqich vazifalarini to‘la amalga oshirish, ya’ni fakultet kafedralarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yaratish, elektron darsliklar tayyorlash va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshirish, institut bitiruvchi talabalarini ish bilan ta’minlashdir.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga