WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Olmaliq davlat texnika instituti

Buxgalteriya hisobi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Biznes sohasida ishlarni muvaffaqiyatli yuritish uchun buxgalteriya hisobi va hisobotining asosiy qonunlarini bilish zarur. Buxgalteriya hisobini o`rganish boshqaruv qarorlarini qabul qilishda bilim va mahoratga ega bo`lish imkonini beradi. Buxgalteriya hisobi juda qadimda xo`jalik faoliyatining zaruriyati va ehtiyoji sifatida yuzaga kelgan. Buxgalteriiya hisobi bozor iqtisodiyotini barpo etshda muhim
o`rin egallaydi. Respublikamiz iqtisodiyotining xo`jalik yuritishida bozor sharoitlariga o`tish davrida uning ahamiyati beqiyos ravishda oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobini to`g`ri tashkil etish ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatda mavjud bo`lgan buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiqlashtirish
iqtisodiyotning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Buning uchun 2016 yil “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonun va Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS) ishlab chiqildi. Ular buxgalteriya hisobi shakllari va usullarini tanlashda korxonalarning mustaqilligini kengaytiribgina qolmasdan, hisob axborotining ishonchliligi uchun ularning mas`uliyatini ham oshirmoqda. Buxgalteriya tizimini isloh qilishda xalqaro tamoyillarga asoslangan hisobvaraqlar rejasining qabul qilinishi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo`ldi. Yangi hisobvaraqlar rejasi O`zbekiston Respublikasida faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarning tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishishida asosiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Buxgalteriya xisobini isloh qilinishi, uning boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo`lib o`rganishimizni talab etadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma`lumki, buxgalteriya hisobini bunday ajratilgan xolda tashkil qilish nafaqat korxonaning, boshqa manfaatdor tomonlarning istiqboli uchun xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma - bosqich o`tish sharoitida nafaqat buxgalteriya hisobi tizimini isloh qilish, shuningdek bu sohada malakali kadrlar tayyorlash masalasiga ham jiddiy e’tibor berish zarur. Buning uchun iqtisodiy yo`nalishlardagi kasb-hunar kollejlarida “Buxgaleriya hisobi” yo`nalishida ta`iim olayotgan
o`quvchilarni bu vazifani puxta o`rganishlariga qiziqtirish, nazariya bilan amaliyotni bog`lash maqsadida mukammal amaliy mashg`ulotlar olib borish zarur.Ushbu amaliy mashg`ulotlar qo`llanmasi kollej o`quvchilarining buxgalteriya hisobini amaliy o`rganishlarida yaxshi natija beradi. Unda hisob ishlariga oid barcha muomalalar yoritilishiga erishildi deb o`ylaymiz.

O'xshash dasturlar