WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)

Bakalavr 4 yil Grant mavjud

Dastur haqida

60810100–Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi–qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u yer, suv va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetishtirishda zamonaviy resurstejamkor mexanizatsiyalashgan texnologiyalar va texnika vositalarini qo‘llash, qishloq xo‘jaligi mashinalari texnologik jarayonlari, agrotexnik tadbirlar va ish sharoitidan kelib chiqib ularning maqbul turini tanlash va ulardan ratsional foydalanish, kasbiy faoliyatida qishloq xo‘jaligi texnikalaridan oqilona foydalanish usul va vositalar majmuini o‘z ichiga oladi.

60810100–Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari: qishloq xo‘jaligidagi mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish jarayonlari va mexanizatsiyalashgan texnologiyalar hamda ularda qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mashinalari, texnikalari, vositalari va asbob-uskunalari; qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va o‘quv-ta’lim jarayonlari, agrosanoat majmuidagi korxonalar va tashkilotlarning boshqaruv tizimlari.

O'xshash dasturlar