WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat texnika universiteti

O'rmonchilik

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60820100- O'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish

Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi– o‘rmon resurslarini muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, shahar va qishloq hududlarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda talabalar daraxt va buta turlarini parvarishlash, landshaft dizayni, ekologiya, o‘rmon xo‘jaligini boshqarish, yashil hududlarni loyihalash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar o‘rmon xo‘jaliklari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari, obodonlashtirish korxonalari, landshaft dizayni markazlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritishlari mumkin.

Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining

 ishlab chiqarish: daraxt va butalarni ekish, parvarishlash, ko'chat yetishtirish, yashil hududlarni barpo etish va obodonlashtirish ishlarida qo'llaniladi. Shuningdek, o'rmon xo'jaligi faoliyatini tashkil etish, sug'orish tizimlaridan samarali foydalanish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish hamda ekologik muhofaza tadbirlarini amalga oshirishda zamonaviy texnologiyalar va usullardan foydalanish;

loyiha-tahliliy: loyihalash jarayonida hududning tabiiy-iqlim sharoiti, tuproq tarkibi va ekologik xususiyatlari hisobga olinadi. Daraxt, buta va manzarali o'simliklar turlari to'g'ri tanlanib, ularni joylashtirish rejasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, sug'orish tizimlari, piyodalar yo'laklari, dam olish maskanlari va boshqa obodonlashtirish elementlari zamonaviy me'yorlar asosida loyihalashtirish;

ilmiy-tadqiqot: o'rmon resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, yangi daraxt va buta turlarini o'rganish, ko'chat yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish hamda ko'kalamzorlashtirishning samarali usullarini ishlab chiqishga qaratiladi. Shuningdek, o'simliklarning iqlim o'zgarishiga moslashuvi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, ekologik barqarorlikni oshirish hamda yashil hududlar sifatini yaxshilash bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Bu tadqiqotlar sohani rivojlantirish va amaliyotga innovatsion yechimlarni joriy etishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
166 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 2490 soat

Malkaviy amaliyot: 1320 soat

Davlat attestatsiyasi: 150 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

97

1 – 7

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi

Malakaviy amaliyot

19

6,8

Attestatsiya

21

1 – 7

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

52

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

4

1,3,5,7

GPA ko’rsatgichini hisoblash

3

2, 4, 6

 

Jami

201

   

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

O'xshash dasturlar