WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat universiteti

Tuproqshunoslik

Magistr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi

60810200 – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligini oshirish, o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, agroekotizimlarni boshqarish hamda ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishga qaratilgan mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Ta’lim yo‘nalishi tuproq va o‘simlik o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish, agrokimyoviy tahlillar o‘tkazish va zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.

Tarkib va o‘quv rejasi

Ta’lim jarayonida talabalar:

  • Agrokimyo asoslari;
  • Tuproqshunoslik;
  • Tuproq fizikasi va kimyosi;
  • O‘g‘itlar tizimi;
  • O‘simliklar oziqlanishi;
  • Agroekologiya;
  • Tuproq unumdorligini boshqarish;
  • Melioratsiya asoslari;
  • Agroximik tahlil usullari;
  • Dehqonchilik va ekinshunoslik;
  • Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar;
  • Malakaviy amaliyot

yo‘nalishlarida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.

Dasturni o‘rganish natijalari

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi:

  • tuproqning agroximik xususiyatlarini baholash;
  • o‘g‘itlash tizimlarini ishlab chiqish;
  • tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
  • agrokimyoviy tahlillar o‘tkazish;
  • qishloq xo‘jaligi ekinlarini oziqlantirish tizimini boshqarish;
  • agroekologik muammolarni tahlil qilish va hal etish

ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Karyera imkoniyatlari

Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari:

  • agrokimyogar;
  • tuproqshunos mutaxassis;
  • agroximik laboratoriya xodimi;
  • fermer va agroklasterlar mutaxassisi;
  • qishloq xo‘jaligi korxonalari agronomi;
  • yer resurslari va kadastr tashkilotlari xodimi;
  • ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassisi

sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar