WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Agronomiya

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60810400 – Agronomiya ta’lim yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, parvarishlash va hosildorligini oshirishning zamonaviy usullarini o‘rgatishga qaratilgan. Ta’lim jarayonida talabalar tuproqshunoslik, agrokimyo, o‘simlikshunoslik, seleksiya va urug‘chilik, o‘simliklarni himoya qilish, agrotexnologiyalar, sug‘orish va o‘g‘itlash tizimlari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, resurslardan samarali foydalanish, ekologik barqaror dehqonchilikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini samarali tashkil etish kompetensiyalari shakllantiriladi. Bitiruvchilar fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari hamda qishloq xo‘jaligiga oid tashkilotlarda faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar