WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60711000 - Muqobil energiya manbalari

Tavsif:

 “Muqobil energiya manbalari” ta’lim yo’nalishi jamiyat taraqqiyoti, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ekologik muammolarni yechish, kosmosni o‘rganish, mudofaa salohiyatini oshirish, texnika va energetikaning rivojlanishi, ilm-fan uchun materiallar hamda zamonaviy texnologiyalarni yaratish kabi barcha yo‘nalishlarning asosi bo’lib xizmat qiladi va hozirgi davrda eng zarur sohalardan biri hisoblanadi.

Ushbu ta’lim dasturi orqali Siz barcha tabiiy fanlarning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan tadqiqot uslublarini ishlab chiquvchi va zarur  texnikalarni  yaratishga imkon  beruvchi, fan sohasidagi yetakchilardan biri bo’lgan “Muqobil energiya manbalari” yo’nalishi bo’yicha bilim va malakalarga ega bo’lasiz.

Sizda 4 yil davomida “Muqobil energiya manbalari” ta’lim yo’nalishi bo’yicha eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni zamonaviy o’quv laboratoriyalaridan foydalangan holda  ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish imkoniyati bor.

Professional mutaxassis bo’lish uchun biz bilan ta’lim oling va ko’zlagan maqsadingizga erishing!

Mazkur ta’lim dasturida 8 semestr (4 yil) davomida jami
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jumladan:

Jami auditoriya soati: 6630 soat

Malakaviy amaliyot: 420 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 150 soat

 

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

120

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

14

6,8

Attestatsiya

16

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

3

8

Ta’tillar

43

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

8

1 – 8

Jami

204

 

 

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi;
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi;
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar