WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Millat umidi universiteti

Amaliy buxgalteriya hisobi va moliya

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Amaliy buxgalteriya va moliya (ACCA) mutaxassislik bitiruvchilari turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘lgan qimmatli bilim va ko‘nikmalarga ega. Mazkur mutaxassislik bitiruvchisi  moliyaviy hisobot, menejment hisobi, soliqqa tortish, audit, etik me’yorlar, moliyaviy boshqaruv va strategik biznes tahlili kabi yo‘nalishlarda yuqori darajadagi tayyorgarlikga ega. Shuningdek, siz muammolarni tahlil qilish, samarali muloqot qilish, mustaqil hamda jamoada ishlash, murakkab moliyaviy qarorlar qabul qilish, raqamli vositalardan foydalanish, moliyaviy axborotlarni taqdim etish va ilg‘or tahliliy fikrlash kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Ushbu mutaxassislik bitiruvchilari ACCA malakasini qo‘lga kiritib, xalqaro miqyosda tan olingan moliyaviy mutaxassislar sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega. Bakalavr bitiruvchilari moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va tahlil qilishdan tortib, kompaniyaning moliyaviy strategiyasini shakllantirishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli mas’uliyatlarni bajarishi mumkin.
Bu sohalar qatoriga quyidagilar kiradi: moliyaviy tahlilchi, auditor, soliq maslahatchisi, buxgalteriya bo‘yicha mutaxassis, ichki nazorat va risk menejeri, moliya bo‘yicha direktor (CFO), buxgalteriya dasturlari bo‘yicha maslahatchi, ACCA malakali buxgalter, bank mutaxassisi, biznes maslahatchisi

O'xshash dasturlar