WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farmatsevtika texnika universiteti

BA(Hons) Business Management

Bakalavr Kunduzgi 3 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

Dastur haqida

Farmatsevtika texnik universitetida (PTU) amalga oshirilayotgan BA (Hons) Business Management dasturi Buyuk Britaniyaning De Montfort University (DMU) tomonidan validatsiyadan o‘tkazilgan hamda Association to Advance Collegiate Schools of Business (AACSB) tomonidan xalqaro akkreditatsiyaga ega. Dastur bitiruvchilariga DMU oliy ta’lim diplomi beriladi va ushbu diplom O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi. O‘quv dasturi zamonaviy, dinamik va texnologiyalarga asoslangan biznes muhitining talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, biznes boshqaruvining asosiy yo‘nalishlarini amaliy va sohaga yo‘naltirilgan ta’lim bilan uyg‘unlashtiradi. Bu esa bitiruvchilarning zamonaviy tashkilotlar hamda global mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.

Xalqaro tan olingan diplom

150 yildan ortiq ta’lim sohasidagi yuksak tajribaga ega bo‘lgan DMU universitetining oliy ta’lim diplomiga ega bo‘ling.

Amaliy ta’lim

Farmatsevtika sanoatidagi xalqaro kompaniyalar, shuningdek, milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlarida amaliyot hamda stajirovkalarda ishtirok eting.

Zamonaviy infratuzilma

Xalqaro standartlarga mos qurilgan ta’lim binolari, zamonaviy kompyuter laboratoriyalari va ma’lumotlar markazi, oshxona va kofe-shoplar hamda sport inshootlari bilan jihozlangan talabaga yo‘naltirilgan ilg‘or ta’lim muhitida tahsil oling.

Kasbiy faoliyatga tayyorgarlik

Biznes sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish va yetakchilik lavozimlarida faoliyat yuritish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ling.

Global imkoniyatlar

Xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etib, global biznes muhiti va uning tobora kengayib borayotgan imkoniyatlari haqidagi bilimlaringizni boyiting.

Ijtimoiy faollik

Keng professional va ijtimoiy aloqalarni shakllantiring, jamiyat farovonligi hamda ekologik barqarorlik uchun mas’uliyat hissini rivojlantiring.

Karyera imkoniyatlari

  • Xalqaro kompaniyalar va davlat tashkilotlarida ma’muriy hamda boshqaruv lavozimlari.
  • Biznesni rivojlantirish bo‘yicha konsalting faoliyati.
  • Ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida rahbarlik lavozimlari.
  • Bank va moliya muassasalarida faoliyat yuritish.
  • Startaplar va xususiy tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish.
  • Ilmiy faoliyat, tadqiqot va ishlanmalar (R&D) hamda akademik faoliyatni davom ettirish

 

O'xshash dasturlar