WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Bank ishi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

Bank ishi

 

Ta’lim yo‘nalishi: 60410500 – Bank ishi
Kvalifikatsiya: Bankir-iqtisodchi

Bank ishi yo‘nalishi moliya institutlarining depozitlarni jalb qilish, kreditlash jarayonlarini tashkil etish hamda moliyaviy operatsiyalarni samarali boshqarishga oid nazariy va amaliy bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Ushbu yo‘nalish iqtisodiyotda pul-kredit munosabatlarini tartibga solish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 
Mazkur yo‘nalish doirasida tijorat banklari, investitsiya banklari, kredit uyushmalari va boshqa moliya institutlarining faoliyati chuqur o‘rganiladi. Talabalar moliyaviy tahlil, risklarni boshqarish, likvidlikni ta’minlash va bank operatsiyalarini optimallashtirish kabi muhim kompetensiyalarni egallaydi.
Yo‘nalishning maqsadi va vazifalari

Dastur maqsadi — bank tizimini chuqur tushunadigan va moliyaviy qarorlar qabul qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir.

Asosiy vazifalar:

  • bank ishining nazariy va huquqiy asoslarini o‘rgatish; 
  • moliyaviy siyosatni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish; 
  • analitik va tanqidiy fikrlashni shakllantirish; 
  • amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish; 
  • uzluksiz ta’lim va shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirish. 
  • Xalqaro hamkorlik va ta’lim dasturlari

Hamkor universitetlar:

  • Varna University of Management 
  • Riga Technical University 
  • Istanbul Aydin University 
  • INTI International University 
  • Edith Cowan University 
  • Gachon University 
  • Daegu University 
  • Sungshin Women's University 
  • Eurasian Technological University 
  • Suncheon National University 
  • Cheongju University 

Talabalar 2+2 dasturlari, exchange, summer va winter school, xorijda o‘qish va amaliyot imkoniyatlariga ega.
Natija
Hozirgi kunda moliya, bank ishi va buxgalteriya yo‘nalishlari bo‘yicha 30 dan ortiq talabalar xorijiy universitetlarda tahsil olib, bilim va tajriba almashmoqda.
Faoliyat sohalari va karyera imkoniyatlari
Bitiruvchilar quyidagi sohalarda ishlaydi:

  • banklar va moliya institutlari; 
  • davlat moliya organlari; 
  • sug‘urta kompaniyalari; 
  • investitsiya va konsalting kompaniyalari; 
  • elektron tijorat sohalari. 

Asosiy lavozimlar:

  • moliyaviy tahlilchi; 
  • bank mutaxassisi; 
  • risk-menejer; 
  • moliyaviy menejer. 
  • Ishga joylashish imkoniyatlari

Bitiruvchilar quyidagi tashkilotlarda faoliyat yuritadi:

  • Markaziy bank tizimi; 
  • itijorat banklari; 
  • investitsiya kompaniyalari; 
  • nobank moliya institutlari; 
  • ilmiy va konsalting markazlari. 

Yo‘nalish yutuqlari

  • “Fintech Innovation” markazi tashkil etilgan (“Ipak yo‘li” banki bilan hamkorlikda); 
  • Octobank bilan hamkorlik memorandumi imzolangan; 
  • “Evalutsiya” muzeyi ochilgan (2025). 

O'xshash dasturlar