WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oriental universiteti

Bank ishi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ushbu ta'lim dasturi orqali siz moliya tizimining yuragi bo'lgan “Bank ishi” yo'nalishi bo'yicha bilim va malakalarga ega bo'lasiz. Raqamli bank xizmatlari jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda bank sohasi mutaxassislari mehnat bozorida eng talab yuqori bo'lgan kadrlardan biri hisoblanadi.

Siz o'qish davomida pul va banklar, bank menejmenti, islomiy bank ishi, raqamli bank ishi kabi zamonaviy fanlarni o'zlashtirib, bank-moliya sohasida ko'plab nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lasiz. Biz bilan ta'lim oling va albatta ko'zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida (kunduzgi ta’lim shakli) siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 6300 soat

Malakaviy amaliyot: 900 soatni tashkil etadi.

O'xshash dasturlar