Dastur haqida
1.2.1. 60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
- umumiy o'rta ta'lim maktab oʻqituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda geografiya, iqtisodiy bilim asoslari hamda tadbirkorlik asoslari fanlari o'qituvchilari maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- oʻrta maxsus va professional ta'limda geografiya, iqtisodiy bilim asoslari
-hamda tadbirkorlik asoslari fanlari oʻqituvchilari sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
-O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shugʻullanish;
-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
1.2.2. 60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:
- umumiy o'rta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida; - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
-O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
- tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, geografiya ta'limi, iqtisodiyot sohalaridagi muammolar va ularning yechimlari sohalarida;
- davlat boshqaruv organlari, oʻrta, oʻrta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;
60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bitiruvchilari oʻqishni tamomlagandan so'ng, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida geografiya, iqtisodiy bilim asoslari hamda tadbirkorlik asoslari fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, geografiya muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda, iqtisodiyot tarmoqlarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega boʻladi.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—