WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Andijon davlat pedagogika instituti

Biologiya

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz “Biologiya” yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy o‘qitish texnologiyalari asosida bilim olasiz. Biologiya darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarni o‘zlashtirishida qiyinchiliklar tug‘diruvchi mavzularni o‘qitishda turli metodlardan foydalanib darslar sifatini oshirish bilan birga yosh avlodni mustaqil fikrlovchi, fanga oid savollarga o‘zi tushungan holda mustaqil javob beradigan, atrof-muhitni sevuchi, o‘z organizmi haqida batafsil fikrga ega, atrof-muhitda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga o‘z fikrini bildira oladigan insonlar etib tarbiyalashda samara beradi, o‘quvchilarning fan asoslarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish imkonini beradi. Egallagan bilim va ko‘nikmalaringizni amaliyotda qo‘llash orqali mustaxkamlab borasiz. buni ham yuqoridagi tillar bo'yicha tarjima qil

Siz 4 yil davomida “Biologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlangan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan:

Majburiy fanlar: 4220 soat

Tanlov fanlar: 1440 soat

Malakaviy amaliyot: 840 soat

Jami: 7 200 soat

Qo‘shimcha izohlar:

1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun o‘quv dala amaliyotlari talabalar yozgi oromgohlarida, malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar