WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat universiteti

Biologiya (turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Nomi:  Biologiya

Tavsif: Biologiya ta’lim yo‘nalishi - fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, mazkur yo‘nalish bitiruvchilari  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, tabiatni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda,  o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va tasarrufidagi tashkilotlarda, qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi tizimidagi idoralarda, sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi laboratoriyalarda,  ishlab chiqarish korxonalarida,  davlat boshqaruvi organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida  kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasi bo‘yicha faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz 4 yil davomida eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Pedagogik, ilmiy-tadqiqot,  tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritishda “biologiya” yo‘nalishi bo‘yicha bilim, malaka, nazariv va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

Siz Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir (4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 6120 soat

Malkaviy amaliyot: 630 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 450 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1 – 7

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

16

2,4,6,8

Attestatsiya

21

1 – 7

Yakuniy davlat attestatsiyalari

10

8

Ta’tillar

42

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

7

1 – 7

GPA ko’rsatkichini hisoblash

3

2,4,6

Jami

204

 

 

Qo‘shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

O'xshash dasturlar