WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo‘jaligi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi - fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u o‘z ichiga biotexnologiya bo‘yicha ishlab chiqarish, qayta ishlash, tadqiq qilishga yo‘naltirilgan vositalar, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va jihozlarni tatbiq etish, zamonaviy va хavfsiz ishlab chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish masalalarini qamrab oladi. Kasbiy faoliyat sohalarining biotexnologik ishlab chiqarish korxonalari xomashyo va materiallari, mikrob biotexnologiyasi, noan'anaviy biologik manbalar, qayta tiklanuvchi energiyal manbalari, mahsulotlarni qayta ishlash texnologik jihozlari va jarayonlari obyektlarida biotexnologik mahsulot ishlab chiqarish, muqobil biomanbalar asosida ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish, agrobiotexnologiya, hujayra biotexnologiyasi, in vitro laboratoriyalari, qishloq xo‘jaligi chiqindilari hamda maishiy chiqindilarni qayta ishlash orqali mahsulotlar ishlab chiqarish, biotexnologik jarayonlarda texnik ko‘rsatgichlar hamda produtsentlar faoliyatini nazorat qilish, yangi biotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha texnik me'yoriy hujjatlarni tayyorlash kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug'ullanadi. Ta’lim yo‘nalishi kasbiy faoliyatlari turlari (ishlab chiqarish; ilmiy-tadqiqot; tashkiliy-boshqaruv; loyihaviy-konstruktorlik; foydalanish va servis xizmatini ko‘rsatish;

O'xshash dasturlar