Dastur haqida
Biznesni boshqarish bakalavr dasturi talabalarga zamonaviy biznes muhitida samarali rahbarlik qilish, strategik fikrlash, resurslarni boshqarish va jamoalarni boshqarish bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarni beradi. Dastur iqtisodiyot, marketing, moliya, inson resurslarini boshqarish, tadbirkorlik va strategik boshqaruv sohalarini o‘z ichiga oladi.
Darslar nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy topshiriqlar, biznes holatlari tahlili va real loyihalar orqali o‘rgatiladi. Bitiruvchilar turli xil kompaniya, tashkilot yoki o‘z bizneslarini yuritish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar ega bo‘ladilar.
Biznesni boshqarish bakalavr darajasiga ega bo‘lgan talabalarning boshqa turdosh yo‘nalishlardan ustunligi xorijiy rivojlangan mamlakatlarda o‘qishni davom qildirish imkoniyatining yuqoriligidadir. Ya’ni, biznesni boshqarish (business administration BA) darajasiga ega bo‘lgan talabalar xorijda bugungi kundagi eng mashhur va deyarli barcha top universitetlarda mavjud bo‘lgan MBA magistratura darajasida o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oʼquv dastur maqsadi
“Biznesni boshqarish” ta’lim yo‘nalishi zamonaviy biznes va boshqaruv jarayonlarni chuqur tushunadigan va tahlil qila oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash.
Natija
4 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar iqtisodchi kvalifikatsiyasini beradigan diplomga ega boʻladilar.
Bakalavriat davrining oʻquv dasturi:
1-kursda talabalar asosan umumkasbiy fanlar (Amaliy matematika, Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlari, Xorijiy til, Dinshunoslik, Akademik ko'nikmalar va kasbiy kompetentlik va b.) o’qitiladi.
2-4 kurslarda talabalar asosan mutaxassislikka oid majburiy va tanlov fanlarini (Iqtisodiyot nazariyasi, Biznes asoslari, Statistika, Ekonometrika, Mikroiqtisodiyot, Menejment, Marketing, Kompaniyalar tashkil etish va boshqarish, Tadbirkorlik va innovatsiyalar, Biznes strategiyasi, Moliyaviy menejment va boshqa ko‘plab sohaga oid tanlov fanlarini o‘zlashtiradilar.
Shuningdek, talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviyligini o‘rganish maqsadida malakaviy amaliyotga yuboriladi.
Biznesni boshqarish taʼlim yoʼnalishi boʼyicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:
Menejer (bo‘lim rahbari)
Marketing yoki savdo bo‘limida mutaxassis
HR (inson resurslari) bo‘yicha mutaxassis
Biznes-analitik
Moliyaviy maslahatchi
Startap asoschisi yoki tadbirkor
Savdo kompaniyalarida mutaxassis
Eksport-import kompaniyalarida mutaxassis
Global startap yoki qo‘shma korxonalarda mutaxassis
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin va shu bilan birga o’qishini quyidagi magistratura mutaxassisliklarida davom qildirishi mumkin:
Matematik iqtisodiyot
Iqtisodiy nazariya
Iqtisodiyot
Bioiqtisodiyot
Makroiqtisodiyot
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari
Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish
Iqtisodiy xavfsizlik
Davlat va korporativ strategiyalari
Menejment
Menejment: taʼlim menejmenti
Loyiha boshqaruvi
Biznesni boshqarish
Marketing
Xalqaro moliya
Moliya
Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar bozori
Investitsiyalarni boshqarish
Bank ishi
Davlat moliyaviy nazorati va auditi
Soliqlar va soliqqa tortish
Buxgalteriya hisobi
Audit
Mamlakatshunoslik
Jahon iqtisodiyoti
Tashqi iqtisodiy faoliyat
Sugʻurta ishi
Statistika
Baholash ishi
Inson resurslarini boshqarish
Korporativ boshqaruv
Ekonometrika
Mintaqaviy iqtisodiyot
Logistika
Elektron tijorat
Raqamli iqtisodiyot
Iqtisodiy diplomatiya
Bojxona ishi
Biznes-tahlil
Biznes-tahlil, moliya va katta maʼlumotlar tahlili
Savdo ishi
Moliyaviy-huquqiy monitoring
Xalqaro biznes huquqi
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga